O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


IV BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YURITISh


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

IV BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YURITISh
34-bob. Apellatsiya instansiyasida ish yuritish
259-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya
sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha,
shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy
kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
260-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiquvchi sud
Apellatsiya shikoyatlari (protestlari):
tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan
berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining


iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda —
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling