253-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv
qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani
hal etishda, u ushbu Kodeks
249 — 252-moddalarining
talablari buzilgan holda taqdim etilganligini
aniqlasa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘z ajrimi bilan qaytaradi.
Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar arizachiga yoki uning vakiliga ajrim chiqarilgan
kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Arizani qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs
umumiy tartibda ariza bilan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga yangidan murojaat
etishga haqli.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza iqtisodiy sudga dastlabki murojaat etilgan kunda berilgan deb
hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
248 — 251
,
253 — 258-moddalari
.
254-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ariza, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni e’tiborga olgan holda
ushbu Kodeksning qoidalari bo‘yicha u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e’tiboran olti oydan
oshmagan muddatda sud majlisida ko‘riladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning
127-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan
shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ushbu Kodeksning
255-256-
moddalarida
nazarda tutilgan holatlarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim
etilgan, bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda chet davlat sudining yoki
arbitrajining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
19
,
20-boblari
,
248 — 253
,
255 — 258-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |