O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

33-bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
248-modda. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va
ijroga qaratish
Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar
hamda boshqa ishlar bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, agar bunday qarorlarni tan olish va
ijroga qaratish O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligida
nazarda tutilgan bo‘lsa, ular O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan tan olinadi va
ijroga qaratiladi.
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish
masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo bo‘yicha hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafning
arizasi bo‘yicha hal etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlari uchun chet davlat sudi deganda chet davlatning taraflar
o‘rtasidagi nizoni hal etuvchi vakolatli organi tushuniladi, chet el arbitraji deganda chet davlatning
taraflar o‘rtasidagi nizoni hal etish uchun doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat ko‘rsatadigan
nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan
paytdan e’tiboran uch yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
31-moddasi
, 32-moddasining 
ikkinchi qismi

249 — 258-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 22.12.1995-yildagi 184-I-sonli qarori bilan Birlashgan Millatlar
tashkilotining 10.06.1958-yildagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi
Konvensiyasi
.
Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda, “Xalqaro
tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunida
nazarda tutilgan o‘ziga xos
xususiyatlar inobatga olingan holda hal etiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling