O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rish xususiyatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

32-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rish xususiyatlari
244-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi tomonidan chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
ushbu Kodeks qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan
holda ko‘riladi.
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar bu shaxslar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari
yoxud ularning ish yuritishga vakolatli bo‘lgan vakillari O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan
yoki yashayotgan bo‘lsa, ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda ko‘riladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida
belgilangan tartibda xabardor qilingan hollarda, ishni ko‘rish muddati sud topshiriqlarini yuborish
uchun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan muddatga, bunday
muddat shartnomada mavjud bo‘lmaganda yoki ko‘rsatilgan shartnoma mavjud bo‘lmaganda esa
olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
91

92

164 — 175

245 — 247-moddalari
.
245-modda. Chet ellik shaxslarning protsessual huquqlari va majburiyatlari


Chet ellik shaxslar iqtisodiyot sohasida o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ushbu Kodeksda belgilangan
sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy
sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari bilan teng
protsessual huquqlardan foydalanadi va protsessual majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar o‘zining yuridik maqomini va iqtisodiyot sohasida
faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi dalillarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga
taqdim etishi kerak.
Sudlarida O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va fuqarolarining protsessual
huquqlariga nisbatan maxsus cheklovlarga yo‘l qo‘yilayotgan davlatlarning yuridik va jismoniy
shaxslariga nisbatan javob tariqasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida cheklovlar
belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
40 — 42

54

244

246

247-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling