O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

237-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish
yuritishni tugatish
To‘plangan materiallar yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli
bo‘lmasa, sud ish yuritishni ajrim bilan tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim
etishga haqli.
Yo‘qolgan sud ishi bo‘yicha sud hujjatini tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uni saqlash
muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq, yo‘qolgan sud ishini ijro etish maqsadida uni tiklash
to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilingan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati o‘tgan
bo‘lsa va u sud tomonidan tiklanmasa ham sud ishni yuritishni tugatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
233 — 236

238-moddalari
.
238-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq sud
hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
233 — 237-moddalari
.
III BO‘LIM. ChET ELLIK ShAXSLAR IShTIROKIDAGI IShLARNI YURITISh
31-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rib chiqishning umumiy qoidalari
239-modda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar
ishtirokidagi ishlar bo‘yicha vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet el tashkilotlari, xalqaro
tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik
shaxslar deb yuritiladi) ishtirokida yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlarni quyidagi hollarda ko‘rib
chiqadi, agar:
1) javobgar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan bo‘lsa yoxud
O‘zbekiston Respublikasi hududida javobgarning mol-mulki bo‘lsa;
2) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
bo‘lsa;
3) nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida bajarilishi lozim bo‘lgan yoki bajarilgan
shartnomadan kelib chiqqan bo‘lsa;
4) talab chet ellik shaxs tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan
boshqa holat bilan mol-mulkka zarar yetkazilishi tufayli yuzaga kelgan yoxud zarar O‘zbekiston
Respublikasi hududida yuzaga kelgan bo‘lsa;
5) nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida asossiz boylik orttirishdan yuzaga kelgan bo‘lsa;


6) ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vogar O‘zbekiston
Respublikasida turgan bo‘lsa;
7) nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning muomalasi
bilan bog‘liq munosabatlardan yuzaga kelgan bo‘lsa;
8) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha arizachi ushbu
faktning O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjudligini ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
9) nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida nomlar va boshqa obyektlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq
munosabatlardan yuzaga kelgan bo‘lsa;
10) bu haqda O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs
o‘rtasida ushbu Kodeksning 
241-moddasida 
belgilangan qoidalar bo‘yicha tuzilgan bitim mavjud
bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida
yuzaga kelgan nizolar bo‘yicha ishlarni va nizoli huquqiy munosabatning O‘zbekiston Respublikasi
hududi bilan aloqasi mavjud bo‘lgan boshqa hollardagi ishlarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari, shuningdek iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar
ishtirokida yuzaga keladigan va ushbu Kodeksning 
240-moddasiga 
muvofiq ularning mutlaq
vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham ko‘radi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqish uchun
iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning joylashgan eri yoki yashash joyi o‘zgarishi yoxud boshqa holatlar munosabati bilan ish
chet davlat sudining vakolatiga taalluqli bo‘lsa-da, mazmunan ko‘rilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
23-moddasi
, Mazkur Kodeksning 
240 — 243-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1167-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-
iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini
himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling