232 -modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning
28-bobida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
232 -modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va
majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi
dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim:
1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka bo‘ysundirgan bo‘lsa, o‘sha
qonunchilik bo‘yicha, bunday qonunchilik mavjud bo‘lmaganda esa O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi bo‘yicha haqiqiy emasligi dalilini;
2) “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
12-moddasida
ko‘rsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi
dalilini;
3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini;
4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga
murojaat qilish shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda
arbitraj kelishuvini qo‘llash doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha qaror mavjudligi dalilini.
Bunda, agar arbitrajda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlarni arbitrajga tegishli
bo‘lmagan masaladan ajratib olish mumkin bo‘lsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga
tegishli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha qarori mavjud bo‘lgan qismigina bekor qilinishi mumkin;
5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq
emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining
taraflar chekinishi mumkin bo‘lmagan har qanday qoidasiga zid bo‘lmasa
yoki bunday kelishuv mavjud bo‘lmasa, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq emasligi dalilini.
Agar iqtisodiy sud:
1) nizo predmeti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra arbitraj muhokamasiga
tegishli emasligini;
2) arbitrajning hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zidligini
aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |