O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

232 -modda. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud
muhokamasi
Ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi, ta’minlash choralarini ko‘rish
haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib
chiqiladi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini
tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar
qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar ishni sud
muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ko‘rib
chiqiladi.
Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning
umumiy qoidalari bo‘yicha mazkur bobda ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan
holda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sud doimiy
arbitraj muassasasi arbitrlarining ro‘yxatiga kiritilgan arbitrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni,
shuningdek iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan ish materiallarini
talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni so‘rov qabul
qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Iqtisodiy sud ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi hamda
ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimi
ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
2-§. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
232 -modda. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish
Arbitraj muhokamasining tarafi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan iqtisodiy sudga
arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani berish orqali shikoyat qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal
qiluv qarori qabul qilingan shaxslar ham arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishi
mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu arizani bergan taraf
arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan e’tiboran, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi
Qonunning 
49-moddasiga
muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma
bo‘yicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran yoki ishda
ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori
qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani berish uchun
asos bo‘lgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgach berilishi
mumkin emas.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza kelib tushgan taqdirda, iqtisodiy sud
arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi masala bo‘yicha ish yuritishni arbitraj sudiga
arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikriga ko‘ra arbitrajning hal qiluv qarorini
bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun o‘zi

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling