O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

232 -modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim
Iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga
ko‘ra ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoki arbitrajning hal
qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:
1) arbitrajning shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va u qabul qilingan joy haqidagi
ma’lumotlar;
2) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan arbitrajning nomi va tarkibi haqidagi
ma’lumotlar;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) arbitrajning hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini
to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga oid ko‘rsatma.
Arbitraj hal qiluv qarorining bekor qilinganligi, agar arbitrajga murojaat etish imkoniyati
yo‘qolmagan bo‘lsa, arbitraj muhokamasi taraflarining arbitraj kelishuviga muvofiq arbitrajga
yangitdan murojaat etishi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra iqtisodiy
sudga murojaat etishi uchun monelik qilmaydi.
7
8
9


Agar arbitrajning hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan arbitraj kelishuvi haqiqiy emasligi
oqibatida yoki hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga
to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoki unda arbitraj kelishuvida qamrab olinmagan
masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi oqibatida to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, arbitraj
muhokamasining taraflari bunday nizoni hal etish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
umumiy qoidalarga ko‘ra iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud ajrimi ustidan
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling