Ijro hujjatining ijro etilishi to‘g‘risidagi hujjat davlat ijrochisi tomonidan ijro etish chog‘ida
amalga oshirilgan va hujjatda aks ettirilgan harakatlarning mazmuni ko‘rsatilgan holda sudning hal
qiluv qarori bilan tiklanadi.
Ijro varaqasining dublikati berilishi mumkin bo‘lgan ijro ishi u ijro etilguniga qadar yo‘qolgan
taqdirda, sud yo‘qolgan ijro ishini tiklash to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishni asoslantirilgan ajrim bilan rad
etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
233 — 235
,
237
,
238-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari
va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining
43-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli
“Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
18-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual
muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
29-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: