242-modda. Sudning immuniteti
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudida chet davlatga nisbatan da’vo taqdim etishga, uni
uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli bo‘lgan va
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash hamda unga nisbatan da’voni
ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni qo‘llashga, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining hal
qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda
tutilmagan bo‘lsa, faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro
shartnomalari bilan belgilanadi.
Sud immunitetidan voz kechish chet davlatning qonunida yoki xalqaro tashkilotning
qoidalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi kerak. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiy sudi ishni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
239 — 241
,
243-moddalari
.
243-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet
to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishlarni ko‘rishning protsessual
oqibatlari
Agar chet davlat sudining ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet
to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, mazkur ishni
ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa, O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy sudi da’vo arizasini ushbu Kodeksning
10-bobi
qoidalari bo‘yicha ko‘rmasdan
qoldiradi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi, agar chet davlat sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi,
ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal
qiluv qarori mavjud bo‘lsa, ushbu ishni ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq
vakolatiga kirmasa yoki ko‘rsatilgan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning
248-moddasiga
muvofiq tan
olinsa va ijro etilsa, ushbu Kodeks
11-bobining
qoidalari bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
10
,
11-boblari
,
239 — 242
,
248-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |