O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet elga mansub hujjatlarga qo‘yiladigan talablar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

246-modda. Chet elga mansub hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatlar muassasalari, tashkilotlari va
fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi muassasalari, tashkilotlari va fuqarolariga yoki chet
ellik shaxslarga nisbatan chet el huquqi normalari bo‘yicha belgilangan shakl bo‘yicha berilgan,
tuzilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki
O‘zbekiston Respublikasi hamda bu hujjatlar kelib chiqqan muassasalar va tashkilotlarning davlati
ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu
hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan faqat konsullik legallashtiruvi mavjud
bo‘lganda yoxud ularga apostil qo‘yilgan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishda,
ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli
tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
244

245

247-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 17.11.2011-yildagi “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 307-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom
.
247-modda. Ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshiriqlari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda chet
davlatlar sudlari tomonidan o‘ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa
hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va hokazo)
bajaradi.
Chet davlat sudining topshirig‘i quyidagi hollarda ijro etilmaydi, agar:
1) sud topshirig‘ini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki O‘zbekiston
Respublikasi xavfsizligiga tahdid solsa;
2) sud topshirig‘ini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining vakolatiga kirmasa;
3) ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshirig‘ini o‘z ichiga olgan
hujjatning haqiqiyligi aniqlanmasa.
Ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshiriqlarini O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy sudi tomonidan ijro etish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari chet davlatlar sudlariga yoki chet davlatlarning
vakolatli organlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshiriqlari bilan
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda murojaat
qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi


Qarang: Mazkur Kodeksning 
91

92

244 — 246-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling