30-bob. Yo‘qolgan sud ishini va ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
233-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash tartibi
Iqtisodiy ish bo‘yicha yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritish ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning, prokurorning, davlat ijrochisining arizasiga, shuningdek sudning tashabbusiga ko‘ra
sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan sud ishi yoki ijro ishini yuritish to‘liq tiklanadi yoxud uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi
zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi,
agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, albatta tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud
tomonidan sarf qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilgan
bo‘lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
234 — 238-moddalari
.
234-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risida ariza berish
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rgan sudga, yo‘qolgan ijro
ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza esa ijro etish joyidagi sudga beriladi va tegishli sud
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va
ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda
tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, arizaga ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
233
,
235 — 238-moddalari
.
235-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani
ko‘rib chiqish
Iqtisodiy sud yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda
ishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga qadar undan yuridik shaxslar va fuqarolarga
olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor
bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni bajarish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sud qarorini ijro etgan
shaxslarni, zarur hollarda esa, yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini ko‘rgan sud tarkibiga kirgan
shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
233-234
,
236 — 238-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |