O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

341-modda. Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish
Ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga ko‘ra
ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berishi mumkin.
Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini (sud
buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin,
bundan ijro varaqasi (sud buyrug‘i) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs
tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim
etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda
ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrug‘i)
yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan
kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 
127-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun
to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va
qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
335 — 337-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
43-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining 
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli
“Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
18-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual
muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
29-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling