O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

342-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish
usulini va tartibini o‘zgartirish
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar mavjud bo‘lganda
sud davlat ijrochisining, undiruvchining yoki qarzdorning arizasiga ko‘ra sud hujjatining ijrosini
kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirishga haqli.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, agar vakolatli davlat
organining qarori yoki taraflarning kelishuvi bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir
yildan oshmagan muddatga berilishi mumkin.
Sud qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish imkonini berganda sud
hujjatining ijro etilishini ushbu Kodeksning 
8-bobida 
nazarda tutilgan tartibda ta’minlash
choralarini ko‘rishi mumkin.
Sud hujjati ijrosini kechiktirish haqidagi yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, ijro etish
usuli va tartibini o‘zgartirish haqidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik
muddatda sud tomonidan sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, undiruvchi, qarzdor va
davlat ijrochisi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh
kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 
127-moddasida 
nazarda
tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor
qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.


Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga,
qarzdorga, shuningdek, agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat
ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
343

344-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
32-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-
apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud
amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 
9-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda
iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
18-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling