Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan
ijro ishini yuritishni
sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga
ko‘ra to‘xtatib turishi yoki tugatishi mumkin.
Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni
to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan erdagi sud tomonidan amalga
oshiriladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi
ariza u sudga kelib tushgan
kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan
va sud muhokamasisiz sud
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha
ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga,
qarzdorga, shuningdek davlat
ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
233 — 235
,
238-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining
34 — 39-moddalari
.
346-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Ijro ishini yuritishni to‘xtatgan sud ijro ishini yuritishni uni to‘xtatishga asos bo‘lgan sabablar
yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha tiklaydi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n
kunlik
muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga,
qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
233 — 235
,
238-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: