O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

121-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual
muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga
oshirish huquqini yo‘qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning o‘tishi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z
zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Protsessual muddatlar o‘tganidan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar
o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni
qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 
119

120

122 — 124-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.
122-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
Ish yuritish to‘xtatib turilishi bilan barcha o‘tib ketmagan protsessual muddatlarning o‘tishi
to‘xtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom
etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
103

104
,
 119 — 121

123

124-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling