O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

116-modda. Sud chiqimlari
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta
xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan
kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan,
shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.


Sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan
belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak
va da’vo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi
lozim.
Sud majlisini videkonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq sud xarajatlarining summasi
sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha ushbu Kodeksning
 118-moddasiga 
muvofiq undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
 112

117

118-moddalari
.
117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni
to‘lash
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira,
xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning
xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli
iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit
hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan
summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi
lozim bo‘lgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar
ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 
118-moddasiga 
muvofiq undirilib, sudning
depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli
bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
165-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash
tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
25-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarng: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
23-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling