O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

132-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning
vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimida taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va
muddatlari haqidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning
bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin
emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish
to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq
yoki qisman voz kechish yoxud qarzni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi
shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud bu
masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal
etadi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu
nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
130

131

133

134-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
9 — 11-bandlari
.
133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala qaysi sudning ish yurituvida bo‘lsa, o‘sha sud
tomonidan sud majlisida ko‘riladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida
ushbu Kodeksning 
127-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning
kelmaganligi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish tugatilganligi
ko‘rsatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan
birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim
etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning 
birinchi
va 
ikkinchi
qismlarida
 nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘riladi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) kelishuv bitimining shartlari;
2) kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa;
3) sud xarajatlarini taqsimlash;
4) ish yuritishni tugatish haqidagi ma’lumot.
Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi
qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan


tashqari, ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma
bo‘lishi kerak.
Sudning ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimining xulosa
qismida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Sud tomonidan tasdiqlangan, kelishuv bitimida nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ijro
etilmagan kelishuv bitimi uni tuzgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan beriladigan
ijro varaqasi asosida, bitimning ushbu Kodeks 
V bo‘limi 
qoidalariga binoan, sud xarajatlarini
undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
130 — 132

134-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
12

14 — 18-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik
muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
238-sonli Qarorining 
24-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling