LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
135
,
138
,
140
,
142
,
144-moddalari
.
147-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish
Agar qarzdor uzrli sabab bilan o‘z vaqtida kreditorning talabiga qarshi e’tiroz
bildirish
imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran
o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza berishga haqli. Sud
bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi da’vo ishini yuritish
tartibida ko‘rilishi mumkin.
Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida yoki bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ariza kelib
tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan
kechiktirmay sud muhokamasisiz,
kreditor va qarzdor
chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
135 — 146-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining
21-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-
yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining
20-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: