O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

150-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma
nusxalarini yuborish
Da’vogar da’vo taqdim etganda javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining va unga
ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi
shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
 148

149

151-moddalari
.
Da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda
uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin.
151-modda. Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.04.2008-yildagi 180-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
4 — 4.6-bandlari
.
2) da’vo arizasining ko‘chirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi
shaxslarga yuborilganligini;
3) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini,
agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni;
5) da’vogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tganligini;
6) da’vo arizasini imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.
Shartnoma tuzishga majbur etish to‘g‘risidagi da’vo arizasiga shartnoma loyihasi ham ilova
qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148 — 150

152 — 155-moddalari
.
Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha da’vo arizasiga investitsiya shartnomasining ko‘chirma nusxasi,
yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizasiga esa uning yirik investorligini
tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling