O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’vo arizasini qaytarish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

155-modda. Da’vo arizasini qaytarish
Sudya da’vo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) da’vo arizasining ushbu Kodeks 
149-moddasida 
belgilangan shakli va mazmuniga rioya
qilinmagan bo‘lsa;
2) da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud
mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan
bo‘lsa;
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
4) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;
5) javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining hamda unga ilova qilingan
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash
mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud
iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
7) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda
javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni da’vogar taqdim etmagan bo‘lsa;
7 ) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish
tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur
toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
8) bitta da’vo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir
nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;
9) qonunchilikka yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi
kerak bo‘lganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat
qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
10) da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib
olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining 
ikkinchi qismi 
talablariga muvofiq bo‘lmagan qarshi
da’voni qaytaradi.
Da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, da’vo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda
berilgan hisoblanadi.
Da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin da’vo arizasi
bilan sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148 — 154-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.04.2008-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning
ayrim masalalari haqida” gi 180-sonli qarorining 
4.2-bandi
..
1



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling