O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

158-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish
Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish
yuritishga birlashtirishga haqli.
Ishlarni birlashtirishga sudning ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha hujjati qabul qilinguniga qadar
yo‘l qo‘yiladi. Ishlar birlashtirilganda ular bo‘yicha ishni ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish
bo‘yicha belgilanadi.
Ishlarni birlashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148

149

159-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
28-dekabrdagi 174-sonli “Sifati tegishli darajada bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan
bog‘liq nizolarni hal etish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
8-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual
muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 16-bandining
birinchi xatboshisi
.
159-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish
Agar sud talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta
birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.


Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud
hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yiladi.
Talablarning qismini alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajratilgan talab bo‘yicha ishni ko‘rish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148

149

158-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil
18-apreldagi 180-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning
ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
4.3-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling