O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 173-modda. Sud muzokaralari
172-modda. Sud majlisida tanaffus
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra sud majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin. Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga e’lon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi. Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida e’lon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillarni takroran ko‘rib chiqish amalga oshirilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham amalga oshirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus e’lon qilinguniga qadar sud majlisida hozir bo‘lganligidan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 165 , 167 , 169 , 171-moddalari . 173-modda. Sud muzokaralari Barcha dalillarni tekshirish tugaganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud muzokaralariga o‘tadi. Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki chiqishlaridan iborat bo‘ladi. Muzokaralarda ular ish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini asoslaydi. Sud muzokaralarida birinchi bo‘lib da’vogar, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar so‘zga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi da’vogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan bo‘lsa, shu da’vogardan yoki javobgardan keyin so‘zga chiqadi. Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi. Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas. Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirgi bo‘lib bayon etadi, bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 165 , 167-moddalari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling