O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganda
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 171-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish
170-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganda,
shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelmaganida nizoni hal qilish Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud da’vo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vogarning ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, nizo uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, nizo ularning yo‘qligida hal qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 165 , 167 — 169 , 171-moddalari . 171-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish Sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan: tarafning iltimosnomasi bo‘yicha, u nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida suddan ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan taqdirda; agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa; ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni ushbu shaxsning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha; sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi kelmagan va ko‘rsatilgan shaxsning sud muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi to‘g‘risida dalillar mavjud bo‘lmagan taqdirda; ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda; nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketgan tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda; ikkinchi javobgarni yoki uchinchi tarafni ishda ishtirok etish uchun jalb etish zarur bo‘lgan taqdirda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun nazarda tutilgan muddat doirasida, biroq ko‘pi bilan o‘n kunga qoldirilishi mumkin. Sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni uch martadan oshmasligi kerak. Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127- moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi. Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi. Zarur bo‘lgan taqdirda ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 165 , 167 , 169 , 172-moddalari . LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10 , 11-bandlari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling