O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 189-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
188-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini sud topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmasdan yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176— 179-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 21.2-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari . 189-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; 2) sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qo‘yilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin. Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 22- bandi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling