O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

194-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, ushbu Kodeksning
V bo‘limida 
nazarda tutilgan
tartibda ijroga qaratiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

192 — 194

334 — 347-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
 Qonuni
.
22-bob. Sud ajrimi va qarori
195-modda. Ajrim chiqarish
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.
Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati
tarzida chiqariladi.
Uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin.
Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va unda u qaysi masala yuzasidan
chiqarilgani, sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda ko‘rib chiqilayotgan
masala bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
5-moddasi
, 11-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 23-moddasining 
yettinchi
qismi
, 39-moddasining 
uchinchi qismi
, 44-moddasining 
yettinchi qismi
, 45-moddasining 
uchinchi qismi
,
46-moddasining 
uchinchi qismi
, 57-moddasining 
ikkinchi qismi
, 69-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 70-
moddasining 
ikkinchi qismi
, 79-moddasining 
uchinchi qismi
, 106-moddasining 
birinchi qismi
, 108-
moddasining 
birinchi qismi

111-moddasi
, 123-moddasining 
ikkinchi qismi
, 126-moddasining 
uchinchi qismi
,
134-moddasining 
ikkinchi qismi
, 144-moddasining 
ikkinchi qismi
, 158-moddasining 
uchinchi qismi
, 159-
moddasining 
uchinchi qismi

162-moddasi
, 171-moddasining 
to‘rtinchi qismi

196 — 200-moddalari
.
196-modda. Ajrimning mazmuni
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo
predmeti;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy
shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy
shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik
shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
4) sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonunchilik
hujjatlari;


5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi
va muddati.
Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud
majlisining o‘zida darhol o‘qib eshittiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
 5-moddasi

195

197 — 200-moddalari
.
197-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish
Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh
kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor
bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki
tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron
tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 99-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 106-moddasining 
ikkinchi qismi
, 108-
moddasining 
uchinchi qismi
, 111-moddasining 
ikkinchi qismi
, 126-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 128-
moddasining 
birinchi qismi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling