O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

198-modda. Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning ajrimi
darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
195 — 197

199

200-moddalari
.
199-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning
kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi
e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan qilingan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qo‘shib
qo‘yilishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ajrim chiqarilgan kundan
e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
195 — 198

200-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
25.07.2003-yildagi “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda
iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 111-sonli qarori 13-
bandining 
2-xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Iqtisodiy
sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori 19-bandining 
2-xatboshisi
.
200-modda. Xususiy ajrim va qaror
Ishni ko‘rish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor
shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda,
ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik
hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani
o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor
shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar
qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.


Agar sud nizoni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa,
u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli
materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
Ishni ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda
ishtirokidan qat’i nazar, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish qonunda sudning vakolatiga berilgan bo‘lsa, sud
ularni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqadi.
Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud qaror qabul qiladi.
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
5

195 — 199-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.12.2007-yildagi “Iqtisodiy sudning xususiy ajrimi to‘g‘risida” gi 172-sonli 
Qarori
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
18-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
13-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling