O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

202-modda. Bayonnoma yuritish
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual
harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi.
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan so‘ng
uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 52-moddasining 
birinchi qismi
, 70-
moddasining 
beshinchi

oltinchi qismlari
, 172-moddasining
 ikkinchi qismi
, 174-moddasining 
birinchi qismi
,
195-moddasining 
uchinchi qismi

201

203-moddalari
.
203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga
va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-
mulohazalar berishga haqli.
Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-
mulohazalarga qo‘shilsa, ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga
qo‘shib qo‘yadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida
ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ularning
kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik
qilmaydi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan
yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda
yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan
tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining ko‘chirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini
yuritish ishtirokchilariga ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
201

202-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling