211-modda. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etish
huquqi
Bankrotlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga muvofiq qarzdor, kreditorlar
va boshqa manfaatdor shaxslar qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga
murojaat etishga haqli.
Arizaga bankrotlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunda nazarda tutilgan
hujjatlar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining
3-bandi
,
27
,
36
,
210-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 24.05.2003-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining
6 — 10-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
27.01.2006-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi 142-sonli Qarorining
3 — 17
,
35-bandlari
.
26-bob. Korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish
212-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish
Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini yuritishning
umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining
1
,
5-bandlari
,
30-moddasi
, 37-moddasining
beshinchi qismi
,
213
,
214-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 262-sonli
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |