O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

208-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
sud muhokamasining xususiyatlari
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar arizachi va boshqa
manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘riladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash
to‘g‘risidagi hal qiluv qarori o‘z huquqlariga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan manfaatdor shaxslar
doirasini aniqlaydi, ish yuritish to‘g‘risida ushbu shaxslarni xabardor qiladi, ularni ishda ishtirok etish
uchun jalb qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar
qiladi.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud qonunchilikda
ushbu faktni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan-tutilmaganligini, arizachida zarur
hujjatlarni olish yoki tiklash uchun boshqa imkoniyat bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshiradi, arizachi
iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishi munosabati bilan ushbu fakt uning uchun yuridik
ahamiyatga ega bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqarishini yoki chiqarmasligini belgilaydi, talab
etilayotgan faktning aniqlanishi boshqa shaxslarning huquqlariga ta’sir etishi yoki etmasligini,
huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan-chiqmaganligini aniqlaydi.
Agar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud
muhokamasida huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa, sud yuridik ahamiyatga ega
bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ajrimda arizachiga va ish bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslarga ularning sudga da’vo
tartibida murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
204 — 207

209-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-
yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
6 — 21-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling