O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

222-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ushbu
Kodeksning 
21-bobida 
belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risida yoki
bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risida bildirilgan talab qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal
qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qo‘llanilgan huquqiy ta’sir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilgan taqdirda esa
— uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat
qiluvchi organning nomi;
4) faoliyat cheklanadigan, to‘xtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning
(ruxsatnomaning) amal qilishi to‘xtatib turiladigan muddat; amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki
tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning
(ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani
(ruxsatnomani) bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar
cheklanayotganligi, to‘xtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar
bo‘yicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar to‘xtatib qo‘yilganligi.
Sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar
apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach
qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda sudning hal qiluv qarori, agar u bekor
qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy
kuchga kiradi.


Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma
nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok
etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari
mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

215 — 221-moddalari
, 262-moddasining 
ikkinchi qismi
, 277-
moddasining 
ikkinchi qismi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling