O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

219-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan
hujjatlar
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga ushbu Kodeks 151-moddasining 
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini
tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi arizaga — ta’sis hujjatlarining tegishli tarzda
tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar
talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir
ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos bo‘ladigan
dalillar;
2) faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash to‘g‘risidagi arizaga — ta’sis hujjatlarining
tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-
huquqiy hujjatlar talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va
taqiqlash uchun asos bo‘ladigan dalillar;
3) banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizaga —
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganligini yoki soliq to‘lovchi
daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq
hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati
organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil;
4) moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga — tekshirish o‘tkazilishiga asos bo‘lgan
hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning
qarori, bundan shunday qarorni olish qonunchilikda nazarda tutilmagan hollar mustasno; agar
tekshirish jinoyat ishi doirasida o‘tkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori;
tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq; tekshirish o‘tkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari
bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish
materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish
qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa; qarorning ko‘chirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki
yuborilganligi dalili;
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning
(ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki
ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga
— litsenziyaning (ruxsatnomaning) va litsenziya shartnomasining tegishli tarzda tasdiqlangan
ko‘chirma nusxalari; normativ-huquqiy hujjatlar talablari va litsenziya shartnomasi shartlari
litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va (yoki) litsenziyani
(ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos bo‘ladigan tarzda yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan
buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
215 — 218

220 — 222-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling