O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

215-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi


Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizalar bilan sudlarga nazorat qiluvchi organlar
murojaat etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 68-moddasining 
ikkinchi qismi
.
216-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
215

217 — 222-moddalari
.
217-modda. Huquqiy ta’sir choralari
Huquqiy ta’sir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta
ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar
hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan
bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari
mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, bundan qonunda nazarda
tutilgan hollar mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash
muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, shuningdek yuridik shaxsning yoki
fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olganligi va moliyaviy sanksiyalar
summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning
(ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki
ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
Sud qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy ta’sir choralarini ham qo‘llashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
215

216

218 — 222-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.12.2007-yildagi “Iqtisodiy sudning xususiy ajrimi to‘g‘risida”gi 172-sonli Qarori 1-bandining 
2-xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling