O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

226-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa,
iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning
shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi
doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining
hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan
qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi
hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari
bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
14

15

16 
va 
25-moddalari 
qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 10-moddasining
 birinchi 
va 
uchinchi qismlari 
talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi
qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik
sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u
hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik
muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
5-moddasi 
talablarini buzgan holda ko‘rib
chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va
majburiyatlari to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori
iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
224

225

227-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonunining
 47-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
3-bandi

15 — 15.7-bandlari
, 16-
bandining
 ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling