225-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib
chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga
tayyorlayotganda iqtisodiy sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini
hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar
bo‘yicha talab qilib olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
19-bobi
(“Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash”)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining
birinchi xatboshisi
.
Iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur
shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini
bekor qilish uchun ushbu Kodeksning
226-moddasida
nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki
mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni
tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni
tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli
emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
224
,
226
,
227-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining
ikkinchi
,
uchinchi
xatboshilari
,
8 — 10-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |