O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

227-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha
ajrim
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga
binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoki hakamlik
sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori va mazkur qaror qabul qilingan joy
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining
talabini to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun ko‘rsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining,
agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq


hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy
qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal
qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo
bo‘yicha chiqarilganligi yoki unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha
xulosalar mavjudligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan to‘liq yoxud qisman bekor qilingan bo‘lsa,
hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudning
ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
224 — 226-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonuni 48-moddasining 
ikkinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining 
birinchi

ikkinchi
xatboshilari
, 16-bandining 
birinchi xatboshisi

17-bandi

25-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling