O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

230-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib
chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga
tayyorlayotganda ijro varaqasi so‘ralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda
dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilib olishi mumkin.
Iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur
shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini
majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 
231-moddasida


nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni
asoslash uchun iqtisodiy sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni
tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli
emas.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 37-
moddasining
 uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv
qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy
sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
228

229

231

232-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
52-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining 
birinchi

ikkinchi xatboshilari

10

22-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling