213-modda. Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga doir talablar
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning
149-moddasida
nazarda tutilgan
talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning
151-moddasida
nazarda tutilgan
hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va uning
joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining
1
,
5-bandlari
,
30-moddasi
, 37-moddasining
beshinchi qismi
,
212
,
214-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 262-sonli qarorining
7 — 23-bandlari
.
214-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari
Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari ushbu Kodeksning
8-bobida
nazarda
tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
93 — 100
,
212
,
213-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 262-sonli qarorining
8-bandi
.
27-bob. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
Do'stlaringiz bilan baham: |