O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

sudga murojaat qilish huquqi
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni
aniqlash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga, faqat o‘zida ushbu faktlarni tasdiqlaydigan
tegishli hujjatlarni olish yoki tiklash imkoni bo‘lmagan taqdirda va, agar qonunchilikda tegishli
faktlarni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, haqlidir.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza arizachining joylashgan
eri yoki yashash joyi bo‘yicha sudga beriladi, bundan ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etishga oid yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash
to‘g‘risidagi arizalar hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki
bekor bo‘lishi uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlar mustasno bo‘lib, ular ko‘chmas
mulk joylashgan erdagi sudga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
204

205

207 — 209-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-
yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
5-bandi
.
207-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaning
shakli va mazmuni
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 
149-
moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ham
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt;
2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan
qonunchilik hujjati normalari;
3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi;
4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash imkoni
yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaga ushbu Kodeksning
 151-
moddasida 
nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
149

151

204 — 206

208

209-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-
yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti


to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
5-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling