O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

23 -bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
203 -modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini
yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan
1
1


holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
203 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — besh baravaridan oshmasa, da’vo
arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmasa,
da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham
soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar
soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilmaydi.
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida uchinchi shaxsning
ishga kirishish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar
bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan qarshi da’vo qabul qilingan bo‘lsa yoxud agar sud
quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga ko‘ra quyidagilar xususida
xulosaga kelsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim
chiqaradi:
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni
ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning
ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga
taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa.
Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimda ishda
ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ushbu harakatlarni bajarish
muddatlari ko‘rsatiladi. Ajrim chiqarilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan
taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari
bo‘yicha ko‘rilishi lozim.
Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish
to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling