O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

203 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo
arizasiga doir talablar
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasi ushbu
Kodeksning 
149-moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu
Kodeksning 
151-moddasida 
nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
203 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni ko‘rib chiqish xususiyatlari
Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi,
ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rilishini hamda ish ko‘rib chiqiladigan sanani
ko‘rsatadi.
Javobgar da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrini da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish
qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda sudga o‘zi
asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning
ko‘chirma nusxasi da’vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil
tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Da’vo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar
tomonidan da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi da’vo arizasini soddalashtirilgan
2
3
4


ish yuritish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Belgilangan muddat o‘tganidan keyin sudga kelib tushgan da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr,
dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni
bo‘lmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul
qilinguniga qadar kelib tushgan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish
qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda da’vo
arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan
muddat o‘tganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni
chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi.
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni,
e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va
hal qiluv qarorini qabul qiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling