O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

183-modda. Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilganda sud hal qiluv
qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti bo‘yicha xulosasini, shartnoma
tuzishga majburlash to‘g‘risidagi talab bo‘yicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishi
majburligini ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

182-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.1998-
yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi 
Qonuni
.
184-modda. Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi
hal qiluv qarori
Pul mablag‘larini undirish yoki mol-mulkni topshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan
harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilganda sud hal
qiluv qarorining xulosa qismida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakatlarni, shu harakatlarni
amalga oshirishi shart bo‘lgan shaxsni, shuningdek ularning amalga oshirilish joyi va muddatini
ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179-moddalari
.
185-modda. Bir necha da’vogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan
hal qiluv qarori
Bir necha da’vogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud
ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini ko‘rsatadi.
Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa
qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini ko‘rsatadi.
Dastlabki va qarshi da’volar to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa
qismida sud da’volarni o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
44
,
 176 — 179-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling