O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-§. Da’vo ishini yuritish tartibida hal etiladigan alohida toifadagi nizolar bo‘yicha hal qiluv


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

2-§. Da’vo ishini yuritish tartibida hal etiladigan alohida toifadagi nizolar bo‘yicha hal qiluv
qarorlari mazmunining xususiyatlari
180-modda. Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Sud pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirish chog‘ida hal qiluv
qarorining xulosa qismida undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining umumiy miqdorini asosiy
qarzning, zararlarning, neustoykaning (jarima va penyaning) hamda foizlarning miqdorini alohida-
alohida aniqlagan holda ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

181-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli
“Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
beshinchi
 va 
oltinchi xatboshilari
.
181-modda. Mol-mulkni undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Sud mol-mulkni undirib berganida hal qiluv qarorining xulosa qismida da’vogarga
topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkning nomini, qiymatini va turgan joyini ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 180-moddalari
.


 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli
“Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
beshinchi
 va 
oltinchi xatboshilari
.
182-modda. Ijro hujjatini ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Ijro hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi
asosida amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi talab
qanoatlantirilganida sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etish mumkin bo‘lmagan
hujjatning nomi, tartib raqami va sanasini hamda hisobdan o‘chirilmaydigan summani ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

182-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli
“Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
yettinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling