O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

152-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish
Sudya da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoxud
qaytarish haqidagi masalani da’vo arizasi sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.


Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida
ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilganidan
keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148 — 151

153 — 155-moddalari
.
153-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan da’vo arizasini
ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 

va 
4-bandlarida 
nazarda tutilgan
talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni
kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib
olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan
bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 
1
va
4-bandlarida 
nazarda tutilgan
talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish
to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148 — 152

154

155-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling