O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 149-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni
18-bob. Da’vo taqdim etish
148-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari Sud: 1) manfaatdor shaxslarning arizalari bo‘yicha; 2) prokurorning arizasi bo‘yicha; 3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi. Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, faqat taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan keyingina sudda ish qo‘zg‘atilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 3 , 41 , 49 , 50-moddalari . 149-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni Da’vo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi; 4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar; 5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar; 6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi; 7) da’vogarning qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, da’vo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar; 8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17 , 18-moddalari . 9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Da’vo arizasida, agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar, shuningdek da’vogardagi mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi. Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni bitta da’vo arizasiga birlashtirishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 148 , 150 — 161-moddalari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling