O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

142-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz
Qarzdor kreditorning talablariga qarshi e’tirozini sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning
ko‘chirma nusxasi unga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi
hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Qarzdorning e’tirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning
bildirilgan talabga roziligi sud buyrug‘ini berish uchun asos bo‘ladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan e’tirozga ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
135 — 138

140

141-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarori 10-bandining 
birinchi xatboshisi

21

23-bandlari
.
143-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati
Sud buyrug‘i sudya tomonidan sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdorni chaqirtirmasdan,
ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda beriladi.


Sud buyrug‘i kreditor tomonidan arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan
e’tiboran o‘n kun o‘tgach beriladi.
Sud buyrug‘i sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishning yig‘ma jildida
qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va kreditorga beriladi. Qarzdorga sud
buyrug‘ining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Sud buyrug‘i elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
135 — 142

144 — 147-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 
14-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling