O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
141-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa; 2) ariza imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa; 3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi, shuningdek ushbu Kodeksning 138-moddasida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa; 4) qarzdorga arizaning ko‘chirma nusxasi topshirilganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa; 5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 180-sonli Qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi , 4.7-bandi . 6) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa; 7) sud buyrug‘i berilguniga qadar kreditordan arizani qaytarib olish to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining 7-bandi asosida esa sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga umumiy tartibda ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 138 , 140 , 154-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006- yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 24-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013- yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining 21-bandi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling