O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish to‘g‘risidagi
masalani ko‘rib chiqadi;
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida
ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi;


4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga
muayyan harakatlarni amalga oshirishni taklif etadi, shu jumladan nizoni hal qilish uchun
ahamiyatli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishni taklif etadi;
5) guvohlarni chaqirtiradi;
6) ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil
20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
6-bandi
.
7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni
talab qilib oladi;
8) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil
18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.
9) da’voni va dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha
hal etadi;
10) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki da’vo
talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sudning sayyor majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni
ko‘rib chiqadi.
Sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishni ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni
ham amalga oshiradi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan nizolar bo‘yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar
mustasno, da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kun
ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis o‘tkazishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
10

11

52

162-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
12-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling