O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qarshi da’voni taqdim etish huquqi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

160-modda. Qarshi da’voni taqdim etish huquqi
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga
ko‘rib chiqish uchun qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
Qarshi da’vo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan bo‘lsa;
2) qarshi da’voni qanoatlantirish dastlabki da’voni to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni istisno
qilsa;
3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, ularni birgalikda ko‘rib
chiqish nizoni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etishga olib kelsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining 
oltinchi qismi
, 155-moddasining 
birinchi qismi

148

161-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar
tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi 282-sonli qarorining 
8.2-bandi
.
161-modda. Qarshi da’voni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish
Qarshi da’voni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish ushbu Kodeksda da’vo arizalarini
taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining 
oltinchi qismi
, 155-moddasining 
birinchi qismi

148

160-
moddalari
.
19-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
162-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
Sudya da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha
majlis o‘tkazilgan hollarda esa da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan
e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi,
unda o‘zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muddatlar, sud muhokamasini
o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlar da’vo arizasini ish yuritishga qabul
qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud
muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudgacha majlis o‘tkazish hollari mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
10

11

52

163-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling