O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

13-bob. Protsessual muddatlar
119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda
amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan
tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea
ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri
bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 68-moddasining 
uchinchi qismi
, 86-moddasining 
uchinchi qismi
, 91-
moddasining 
uchinchi qismi
, 133-moddasining 
beshinchi qismi
, 142-moddasining 
birinchi qismi
, 143-
moddasining 
ikkinchi qismi
, 146-moddasining 
birinchi qismi
, 147-moddasining 
birinchi qismi
, 156-
moddasining 
birinchi qismi
, 158-moddasining
ikkinchi qismi
, 159-moddasining 
to‘rtinchi qismi

164-
moddasi
, 171-moddasining 
uchinchi qismi
, 172-moddasining 
ikkinchi qismi
, 190-moddasining 
uchinchi
qismi
, 191-moddasining 
uchinchi qismi
, 192-moddasining 
birinchi qismi
, 197-moddasining 
birinchi qismi

198-
moddasi
, 199-moddasining 
uchinchi qismi
, 200-moddasining 
uchinchi qismi

217-moddasi
, 221-
moddasining 
birinchi qismi
, 229-moddasining 
oltinchi — sakkizinchi qismlari
, 237-moddasining 
ikkinchi
qismi
, 244-moddasining 
ikkinchi-uchinchi qismlari
, 248-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 254-moddasining
birinchi qismi
, 261-moddasining 
ikkinchi qismi

262

266-moddalari
, 270-moddasining
birinchi qismi

271
,
277-moddalari
, 284-moddasining 
ikkinchi qismi

285

289-moddalari
, 293-moddasining 
birinchi qismi

300
,
310

319

328

332-moddalari

338 — 341-moddalari
, 342-moddasining 
ikkinchi-uchinchi qismlari
, 344-
moddasining 
uchinchi qismi
, 345-moddasining 
uchinchi qismi
, 346-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar
sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
2

3-bandlari
.
120-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining
tegishli oyi va kunida tugaydi.
Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining
tegishli kunida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan
oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida
tugaydi.


Muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda, undan keyin
keladigan birinchi ish kuni muddatning tugashi kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi
mumkin.
Agar ariza, shikoyat va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida
yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsga
protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar berilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib
yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak
bo‘lsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoki tegishli operatsiyalar tugatilgan
soatda tugaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
119

121 — 124-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
4 — 6-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling